O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek ipagi: yangi islohotlar davridagi muhim vazifalar ijrosi

2018-04-17 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda ipak qurti ilk bor uch marta parvarishlanadi. Aprel oyi pilla mavsumi, ikkinchisi may, uchinchisi avgust oyiga mo‘ljallanmoqda.

Bu haqda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasida Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Olim Jumayevning ma’lumot berishicha, birgina bahorgi mavsumda respublikamiz bo‘yicha jami 330 ming quti ipak qurti parvarishlanib, 18 ming tonna pilla olish rejalashtirilgan. Buning uchun, eng avvalo, ozuqa bazasini mustahkamlash choralari ko‘rilgan. Xususan, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ipak qurti ozuqasini rivojlantirish va tutzorlar tashkil etish maqsadida xatlov o‘tkazilib, 43,9 million dona yakka tut daraxti mavjudligi va tutzorlar maydoni 43,4 ming gektar ekani aniqlandi. 2017 yilning kuzi va 2018 yilning bahorida 30 million tup tut ko‘chati ekildi. Shundan iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 13,3 million tupi intensiv usulda yetishtirish maqsadida Xitoydan keltirilgan. 

2018 yilning birinchi choragida pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan 165 milliard so‘mlik sanoat, 19,7 milliard so‘mlik xalq iste’moli mollari, 683,3 tonna tabiiy ipak, 1034 ming pogon metr ipakli gazlama ishlab chiqarildi. 2017 yilda eksport hajmi 37,6 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, 9,6 million dollarlik eksport amalga oshirildi. 

– O‘zbek ipakchiligida yangi islohotlar davri boshlanganiga amin bo‘lmoqdamiz, – deydi BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) vakili F.Alimjonov. – O‘tgan yil oxirida Avstriyaning Vena shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston – Yevropa» xalqaro ipakchilik forumida xalqaro tashkilotlar hamda ipakni qayta ishlash va dizaynerlik kompaniyalari bilan mamlakatingiz o‘rtasida bir qancha bitimlar imzolangan. Ularga muvofiq shu yilning 9-13 aprel kunlari Buxoro shahrida xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari hamda chet el diplomatik korpus vakillari, yirik investorlar bilan hamkorlikda «Osiyo – Yevropa» ipakchilik forumi o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda ipakchilik istiqbollari, erishilgan natijalar, ilg‘or tajribalar haqida manfaatli taklif va mulohazalar bildirildi. Bu borada O‘zbekistonning BMT Xalqaro ipakchilik komissiyasiga a’zo bo‘lib kirgani yaxshi samara bermoqda. 

Anjumanda uyushma tashkil qilingunga qadar tizimdagi pillani qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash darajasi 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, xom ashyo ta’minoti 54 foizga chiqqani ta’kidlandi.

 

M.Qosimova, O‘zA

Поделиться