O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim: hamkorlik samaralari

2018-04-12 | Ta’lim

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “O‘zbekistonda Qozog‘iston ta’lim kunlari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, Butunjahon qozoqlar assotsiatsiyasi, Navoiy davlat konchilik hamda pedagogika institutlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasining o‘ttizta oliy ta’lim muassasasi o‘z yo‘nalish va ixtisosliklari bo‘yicha yoshlarga ma’lumot berdi.

Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari F.Soliyev mamlakatimizdagi qozoq milliy madaniy markazlari faoliyati, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Butunjahon qozoqlar assotsiatsiyasi vakili K.Sadirbayeva, Qozog‘iston transport va kommunikatsiya akademiyasi prorektori U.Kutibayev va boshqalar Qozog‘istonda 2018 yil O‘zbekiston yili, deb e’lon qilingani o‘zbek xalqiga yuksak hurmat va ehtirom ramzi ekanini alohida qayd etdi.

– Bir daryodan suv ichgan ikki xalqning tili, madaniyati, urf-odatlari o‘xshash, o‘zaro hamohang va uyg‘un, – deydi Butunjahon qozoqlar assotsiatsiyasi vakili K.Sadirbayeva. – Birgina “Alpomish” dostonining o‘zbekcha va qozoqcha talqinlari bo‘lib, ikkisida ham mardlik, vatanparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari tarannum etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Yurtimizda qozoq xalqining ardoqli farzandlari xoki mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolar obod etilayotir. Jumladan, viloyatdagi Seytqul avliyo hamda Ayteke Bi maqbaralari ko‘rkam holatga keltirilgani xalqlarimiz birdamligi va hamjihatligi yo‘lidagi ezgu ishlarga yorqin misoldir. Ayni kunda viloyatda 80 dan ziyod qozoq tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktabi bo‘lib, ularda qozoq millatiga mansub yoshlar ta’lim-tarbiya olmoqda. 

– Bugungi kunda Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalarida 4 ming o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, – deydi Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Z.Torebekova. – Navro‘z kunlari iqtidorli, tashabbuskor, izlanuvchan 18 qozoq yigit-qizlarining O‘zbekiston bo‘ylab sayohati tashkil etildi. Bunday tadbirlar mamlakatlarimiz yoshlarini birlashtirish, fikr almashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

– Qarag‘anda iqtisodiyot universitetida zamonaviy sharoitlar yaratilgan, – deydi ushbu oliy o‘quv yurti prorektor M.Abdukimova. – Xususan, bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida talabalar zamonaviy axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishi, xalqaro talablar darajasida ta’lim olishi mumkin. Bu yerda masofadan turib tahsil olish imkoniyati ham mavjud. 

Navoiy davlat konchilik instituti bilan Qozog‘istonning yettita oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat) O‘zA

Поделиться