O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xo‘ja Ilg‘orda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan tadbir boshlandi

2018-04-10 | Jamiyat

Buyuk Sohibqiron, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 682 yilligi mamlakatimizda yangi bosqichda, xalqchil ruhda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

9 aprel tongi Amir Temur tavallud topgan qadimiy va gullab-yashnayotgan qishloq – Xo‘ja Ilg‘orda har qachongidanda fayzli, shukuhli boshlandi. 

Barcha qishloqning eng fayzli va tarixiy go‘shasi – buyuk Sohibqiron tug‘ilishi bilan bog‘liq qadimiy quduqqa tutash maydon tomon oshiqmoqda. Bu yerda Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi hamkorligida Xalqaro press-klubning “Xo‘ja ilg‘or qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo‘nalishi” mavzuida sayyor sessiyasi tashkil etildi. 

Tadbir xalq sayli tusini olgan. Ko‘klam tarovati, ajib hislar kezib yurgan yashil dalalar qo‘ynidagi maydon sahni bezaklari barchaga yaxshi kayfiyat ulashmoqda. Sahna atrofida milliy hunarmandlik namunalari, xalq o‘yinlari namoyishi, etnografik chiqishlar, Amir Temur davrini eslatuvchi uyg‘un kompozitsiya, o‘tovlar xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Amir Temur shaxsiga hurmat, Sohibqiron bobomiz va temuriylar davrini qaytadan kashf qilish, Amir Temur davrining nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, bu jihatlarning yoshlarimiz hayotidagi tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda, – deydi Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev. – Biz davlatimiz rahbarining bu g‘oyat muhim ahamiyatli tashabbusi va sa’y-harakatlaridan ilhomlangan holda, Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida sayyor press-klub sessiyasi o‘tkazmoqdamiz. Maqsadimiz siyosiy tahlikali, xalq mo‘g‘ullar istilosidan zulm chekayotgan bir davrda dunyoga kelgan va ozodlik uchun kurashib, buyuk davlatga asos solgan bobomiz siymosini qayta kashf qilish, Xo‘ja Ilg‘orda yangi sayyohlik manzilini yaratish.

Tadbir “O‘zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etib boriladi. Dastlabki jonli efir soat 10:15 da bo‘lishi rejalashtirilgan. Kun davomida Xo‘ja Ilg‘or tantanalari bir necha bor jonli efirda xalqimiz va xalqaro miqyosda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. 

Tarixiy tadbirda Amir Temur hazratlarining dunyoga kelgunicha, tug‘ilish, bolalik va balog‘at yoshidagi hayotidan, vatanini bosqinchilar zulmidan ozod etish, davlatchilik asoslari, mamlakat boshqaruvidagi eng muhim falsafiy jihatlar teatrlashtirilgan sahnalar orqali ochib beriladi. Bobomiz tug‘ilib, voyaga yetgan qishloqqa ilk bor kelib turgan xorijlik sayyohlar, qashqadaryolik olimlar fikri jamoatchilikka yetkaziladi. 

Tadbir doirasida taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etiladi. 

 

Ulug‘bek Asrorov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA 

Поделиться