O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Polsha O’zbekistonda yirik paxtachilik Kompleksi quradi
2018-04-06 | Iqtisodiyot
“Polcotton” Kompaniyasi O’zbekistonda yillik quvvati 10 ming tonna tayyor mahsulot bo’lgan ayron tolasini qayta ishlovchi va yigirilgan ip ishlab chiqaradigan masshtabli kompleks quradi- deb xabar beradi, “Jahon” axborot agentligi Yevropa paxtachilik va to’qimachilik qo’mitasining vitse – prezidenti Alons Shonbergerning ma’lumotiga asoslangan holda.
Ushbu kompleksni yaratish uchun “Polcotton” Kompaniyasi 60 million dollar yo’naltiradi. Shonbergerning ta’kidlashicha, polshalik tўқimachilar respublikamizdan to’qimachilik mahsulotlari importi hajmini oshirish niyatidalar.
Polshaning “Zauber” , “Eko-tex”, “Wamatex”, “ Konimpex”, “Farotex”, “Karintex”, “Szwalnia” va boshqa yetakchi kompaniyalari O’zbekistondan import hajmini bir necha barobar oshirishga tayor ekanligini bildirishmoqda. Buning sababi shundaki, Sizning mamlakatingiz korxonalari jahon bozorida talabgir bo’lgan yuqori sifatli va jahondagi mashhur ishlab chiqaruvchilarnikidan qolishmaydigan yigirilgan ip, mato, tayyor tikuvchilik trikotaj va shoyi mahsulotlarini ishlab chiqarishmoqda. Shu bilan birga mahsulot dizayni, jahon bozorida o’zining xususiy brendini yaratish hamda yangi mahsulot turlarini o’zlashtirish masalalariga alohida e’tibor berishmoqda- dedi u Polshaning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan bo’lgan suhbat chog’ida Shonbergerning aytishicha, yevropalik iste’molchilarning e’tiborini tortgan sabab o’zbek to’qimachilik mahsulotlari mahalliy bo’lgan paxta, shoyi jun matolaridan ishlab chiqarilishidir.