O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukusda bodibilding bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkazildi

2018-03-13 | Sport

Nukusda sportning bodibilding turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston ochiq chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan ochiq chempionatda 70 dan ortiq sportchi 13 vazn toifasida ishtirok etdi.

– Chempionatga Buxoro, Navoiy, Toshkent, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlaridan bodibildingchilar keldi, – deydi O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi Qoraqalpog‘iston filiali raisi Baxt Shuvaqbayev. – Kelajakda mas-restling va armrestling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Musobaqa yakunida qoraqalpog‘istonlik Ilhom Mirzamurodov birinchi, Nursaid Ergashov ikkinchi, Alixan Rahmetov va Alpomish Allamberganov uchinchi, Islom Serjanov bilan Zafar Shukurullayev to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Chempionatda havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Arnold klassik – 2018” xalqaro musobaqasi oltin medali sohibi, chempion, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mixail Volinkin mehmon bo‘ldi.

 

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Поделиться