O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Deputatlar muammolarga o‘z vaqtida munosabat bildira olyaptimi?

2018-02-28 | Jamiyat

Bu mavzu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining IX plenumida ham ko‘tarildi.

O‘tgan davr mobaynida partiya fraksiyasi a’zolari real holatni o‘rganish maqsadida hududlarga chiqib, aniqlangan muammolarni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida 9 ming 17 ta xonadonga kirdi, 59 ming 420 nafar odam bilan suhbatlar o‘tkazdi. 259 ta davlat organi va tashkilot, 624 ta ijtimoiy soha obyekti, 285 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyati o‘rganildi. 1 ming 941 nafar tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashildi. Jami 6 ming 46 ta masala ko‘tarildi. 
 
Xalq bilan bevosita muloqot qilishda partiya kengashlari va deputatlar tomonidan sayyor qabullar tashkil etilib, aholini qiynayotgan 10 ming 244 ta masala chuqur o‘rganildi, shundan 7 ming 490 tasiga ijobiy yechim topildi. Mutasaddi tashkilotlarga 6 ming 147 ta deputatlik so‘rovi yuborildi. 
Partiya “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tashabbusini ilgari surdi, “Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida”gi, 
 
“Davlat ijtimoiy minimal standartlari to‘g‘risida”gi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda takomiliga yetkazib, fraksiya yig‘ilishlarida muhokama qildi. 
 
Partiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar qatorida ayrim muammolar ham mavjud. Yig‘ilishda hududiy partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari muammolarga vaqtida munosabat bildira olmayotgani, yoshlar qatlami, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, monitoring qilish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani, qonunchilik yangiliklari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga OAV orqali munosabat bildirmayotgani keskin tanqid qilindi.

 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться