O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
G‘alaba va durang
2015-04-30 | Sport
Futbol bo'yicha 19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.
Yig'in doirasida futbolchilarimiz Armaniston yoshlar terma jamoasi bilan ikki marotaba o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Dastlabki o'yinda Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz raqiblarini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizga g'alaba keltirgan gollarni Sanjar Qodirqulov, Xushnud Avilov hamda Saidjamol Davlatjonov kiritdi.
Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O'yinning 60-daqiqasida Armaniston yoshlar terma jamoasi a'zosi Robert Minasyan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Saidjamol Davlatjonov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini may oyida Qatar yoshlar terma jamoasiga qarshi o'tkazishni rejalashtirgan.