O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziya Elchisi bilan uchrashuv
2018-02-19 | Siyosat
2018-yilning 19-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o’z missiyasini yakunlayotgan Malayziya Favqulodda va Muxtor Elchisi Dato Noraini binti Abd Hamidni qabul qildi.
Suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbolli yo’nalishlari, qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
O’zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish sohasidagi O’zbekiston va Malayziyaning faol muloqoti ikki davlat manfaatlariga birdek javob berishi ta’kidlab o’tildi.
Uchrashuvda turizm sohasidagi o’zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Malayziya fuqarolari uchun 2018-yil 10-fevraldan e’tiboran 30 kungacha vizasiz tartib joriy etilishi hamda “Toshkent – Kuala-Lumpur - Toshkent” yo’nalishida to’g’ridan to’g’ri aviareyslar Malayziyadan turistik oqimlarning yanada ko’payishi, jumladan Samarqand va Buxoro islomiy yodgorliklarida ziyorat hajmi oshishiga xizmat qiladi.
O’zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Elchiga ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qo’shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik izhor etildi.
Muhtarama Dato Noraini binti Abd Hamid o’z navbatida, O’zbekistondagi faoliyati doimiy ravishda qo’llab quvatlangani uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.