O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belgiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-02-16 | Siyosat
2018-yilning 16-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Jan-Artur Rejiboni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, uni yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida O’zbekiston-Belgiya munobatlarini ikki va ko’p tomonlama shakllarda, jumladan O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida rivojlanishning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan milliy parlamentlar va tashqi siyosat idoralari darajasida munosabatlarni mustahkamlash, O’zbekiston va Belgiyaning ishbilarmon doiralari o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Dolzarb xalqaro muammolarni muhokama qilish chog’ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan 2018-yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida o’tkazish rejalashtirilayotgan Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.