O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda chiqindi qog‘ozdan tuxum fleykalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Loyiha qiymati 3 milliard so‘m

2018-01-16 | Iqtisodiyot

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilining dastlabki kunlarida Surxondaryo viloyatida chiqindi qog‘ozdan o‘rama qog‘oz ruloni, har xil gabro va ip-kalava o‘raydigan konuslar, tuxum fleykalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Termiz shahridagi “Surxon qog‘ozni qayta ishlash” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi bu mahsulotlar viloyatdagi to‘qimachilik korxonalari, parrandachilik fabrikalari va boshqa buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. 

Qiymati 3 milliard so‘mlikdan ortiq loyihaning ishga tushirilishi yiliga 3 million tonna arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi. Korxonada mehnat qilayotgan qariyb 60 ishchi kuniga 9 tonnaga yaqin chiqindi qog‘ozni qayta ishlamoqda. 

Termiz tumanidagi “Surxon kaolin” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham viloyat iqtisodiyotida yangi turdagi mahsulot – yiliga 150 tonna dala shpati – chinni buyumlar xom ashyosi, slanets va kaolin ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlangan korxonani barpo etish uchun 2 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur korxona kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi va bu yerda ham 60 kishining bandligi ta’minlanadi. 

Ayni paytda bu yerga o‘rnatilgan uskunalar so‘nggi sinovdan o‘tkazilayotir.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться