O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

2018-01-10 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov to‘g‘risida»gi 736–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 96-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 156-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) 28-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovdagi mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auktsion shaklida o‘tkaziladi».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 35-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi»;

2) 38-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) quyidagi mazmundagi 411-modda bilan to‘ldirilsin:

«411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi»;

4) 122 va 123-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz

shaxslarni moddiy ta’minlashdan

bo‘yin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi».

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:

«211-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish natijasida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi»;

2) 47-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;

3) quyidagi mazmundagi 474 va 475-moddalar bilan to‘ldirilsin:

«474-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz

shaxslarni moddiy ta’minlashdan

bo‘yin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

475-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

4) 77-modda:

birinchi qismidagi «va mol boqish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«O‘rmon fondi yerlarida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

5) 245-moddaning birinchi qismidagi «40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)» degan so‘zlar «40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 474, 475, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 247-moddadagi «47-moddasida nazarda tutilgan» degan so‘zlar «47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 249-modda ikkinchi qismining:

uchinchi xatboshisidagi «hamda transportdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshisidagi «hamda transportdagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshisidagi «transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshisidagi «transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

8) 261-moddaning birinchi qismidagi «77» raqami «77-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 271-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:

«41) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa».

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) 164-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim».

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 67-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aktsiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas»;

uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 68-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Qaram xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xo‘jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aktsiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas»;

uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 70-modda:

quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas»;

to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari tegishincha o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan O‘RQ–370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 5, 128-modda;

2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 8-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aktsiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aktsiyalarini olgan sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.

Tobe xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aktsiyalarini olgan tobe xo‘jalik jamiyati jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas»;

ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 76-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, uning sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas».

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«4-modda. Davlat soliq xizmati organlarining

asosiy vazifalari

Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash;

soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash;

soliq to‘lovchilarni va soliq solish ob’ektlari o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;

soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish;

pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;

soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish yo‘li bilan amalga oshirish;

soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish;

soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferentsiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat byudjetini shakllantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslik;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korruptsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini ta’minlash»;

2) 5-modda quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:

«81) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish»;

3) 10-moddaning uchinchi qismidagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlarining mansabdor shaxslari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 15-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«15-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor

shaxslarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti»;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’tillar beriladi. Davlat soliq xizmati organlarining o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga davomiyligi besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga esa davomiyligi o‘n kalendar kun bo‘lgan qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’tillar beriladi»;

5) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirilsin:

«151-modda. Davlat soliq xizmati organlarining

mansabdor shaxslarini uy-joy maydoni

bilan ta’minlash

Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.

Davlat soliq xizmati organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin.

Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.

Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi».

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi 483–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 239-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektsiyasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 543–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 274-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 8-modda «Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlardan keyin «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan to‘ldirilsin:

«111-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi O‘simliklar karantini davlat

inspektsiyasining o‘simlik dunyosini muhofaza

qilish va undan foydalanish sohasidagi

vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

o‘simliklarning tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshiradi;

o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;

o‘simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashishning samarali va ilg‘or usullari amalga oshirilishini o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda ta’minlaydi, ularning qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarning, o‘simliklar kasalliklarining va begona o‘tlarning xorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan O‘zbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;

kelib chiqishi o‘simlikka mansub bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va o‘simliklar karantinini joriy etadi;

o‘simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan fumigatsiya bo‘linmalarini tuzadi, shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, o‘rmon xo‘jaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simliklar karantini ob’ektlariga qarshi kurashishda xizmatlar ko‘rsatadi;

eksport qilinayotgan va xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va o‘simliklar karantini ob’ektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, 5–6-songa ilova; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 157-modda; 2008 yil, № 4, 189-modda; 2009 yil, № 9, 328-modda; 2010 yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 99-moddaning ikkinchi qismidagi «uchdan bir qismidan» degan so‘zlar «etmish besh foizidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 135-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin»;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;

3) 145-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi.

Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 160–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 333-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 20-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo‘yiladi»;

uchinchi qismidagi «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar» degan so‘zlar «shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, o‘zga tashkilotlar» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismidagi «tegishli tarmoqlar mutaxassislari ishtirokida» degan so‘zlar «tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222–II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6–7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi oltmishinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish».

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 23-moddaning uchinchi qismidagi «besh» degan so‘z «o‘n besh» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 24-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi»;

3) 421-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«421-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston

Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning ko‘chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma’lum bo‘lsa), ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo‘limiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qo‘riqlash organlariga yuboriladi.

Agar ijro hujjati sud hujjati bo‘lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo‘lsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos bo‘lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo‘yicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.

Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.

Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining hamkorligi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi»;

4) 56-moddaning:

ikkinchi qismidagi «kimoshdi savdosida» degan so‘zlar «elektron onlayn-auktsionlarda» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

«Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auktsionlarda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:

davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;

mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha.

Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va u birinchi baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya qilishga topshiriladi.

Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auktsionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auktsion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi yoki savdo tashkilotlarining takroriy realizatsiya qilishidagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada o‘zida qoldirishni taklif qiladi.

Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi.

Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ijro hujjatlarining kelib tushishi navbatiga ko‘ra undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qo‘yilgan mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.

Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.

Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.

Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

5) 63-moddaning:

nomidagi «Auktsion shaklidagi kimoshdi savdolarini» degan so‘zlar «Elektron onlayn-auktsionlarni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auktsionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auktsionga qo‘yiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang‘ich) bahosi ko‘rsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auktsionni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobоt yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko‘rsatilgan sud qarorining ko‘chirma nusxasi;

mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar»;

to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi «sud» degan so‘z «davlat» degan so‘z bilan almashtirilsin;

ettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dastlabki elektron onlayn-auktsionlar narxning oshib borishi printsipi, takroriy elektron onlayn-auktsionlar esa narxning tushib borishi printsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi»;

6) 71-moddaning birinchi qismidagi «besh kunlik» degan so‘zlar «o‘n besh kunlik» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi 310–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) 38-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat tomonidan tashkil etilgan unitar korxonaning rahbari hamda ayni shu sho‘‘ba, tobe xo‘jalik jamiyatlarida va unitar korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin emas».

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 18-modda birinchi qismining 8 va 9-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«8) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;

9) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi».

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 18-modda birinchi qismining 11 va 12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;

12) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi».

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 14-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari taklif etilgan holda o‘tkaziladi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin»;

2) 15-moddaning:

ettinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

«Bunda eng muhim ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasining uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqidagi qaroriga muvofiq qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida keng muhokamaga, shu jumladan joylarda fuqarolar ishtirokidagi keng muhokamaga chiqarilishi mumkin»;

to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mas’ul qo‘mita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.

Fraktsiyalar va deputatlar guruhlari, o‘z dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular bo‘yicha kelib tushgan takliflarni o‘rganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining va O‘zbekiston Ekologik harakati hududiy bo‘limlarining xodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraktsiyalar va deputatlar guruhlari o‘rganishlar yakunlariga ko‘ra kelib tushgan fikrlar va takliflarni o‘z majlislarida muhokama qiladi, o‘z dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular mas’ul qo‘mitaga yuboriladi»;

3) 32-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 321-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) quyidagi mazmundagi 332-modda bilan to‘ldirilsin:

«332-modda. Hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi

deputatlari savollariga javoblarini eshitish

Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda «hukumat soati» deb yuritiladi).

«Hukumat soati»ni o‘tkazish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan «hukumat soati»ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda «hukumat soati»da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.

«Hukumat soati» yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin»;

6) 332 — 339-moddalar tegishincha 333 — 3310-moddalar deb hisoblansin;

7) 335-moddaning:

uchinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

beshinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

8) 336-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar «davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 31-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 311-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) quyidagi mazmundagi 322-modda bilan to‘ldirilsin:

«322-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining

tegishli hududni rivojlantirish masalalari

yuzasidan hisobоtlarini eshitish

Senat o‘z majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitishi mumkin.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan uning qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi»;

4) 326-moddaning:

uchinchi va oltinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

beshinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 327-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar «davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Ipoteka to‘g‘risida»gi O‘RQ–58-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 535-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 10, 605-modda) 40-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auktsion shaklida o‘tkaziladi».

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 11 oktyabrda qabul qilingan «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi O‘RQ–60-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 537-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 16-moddasining birinchi jumlasi «o‘rganishni» degan so‘zdan keyin «shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida o‘rganishni» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 65-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi «rasmiylashtiriladi» degan so‘zdan keyin «unda soliq qarzdorligi hosil bo‘lgan soliq davri ko‘rsatiladi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) 96-modda:

birinchi qismi «va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan» degan so‘zlardan keyin «shuningdek ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turishga haqli.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilish deb ushbu moddani qo‘llash maqsadida quyidagilar e’tirof etiladi:

kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan (sarflangan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarining mos emasligi, xuddi shuningdek bank operatsiyalarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining xususiyati va turiga mos emasligi;

soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kirim qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlarning mavjud emasligi, almashtirib qo‘yilganligi, qalbakilashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi, realizatsiya qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovchi hujjatlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilishi».

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘RQ–226-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 9, 340-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 15-moddaning oltinchi qismidagi «yagona raqam — 01» degan so‘zlar «yagona raqam — 101» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 34-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi»;

uchinchi qismi «Milliy xavfsizlik xizmatining» degan so‘zlardan keyin «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘RQ–319-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 1, 5-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 4-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi»;

sakkizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 10-moddaning birinchi xatboshisidagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari» degan so‘zlar «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 11-modda:

nomidagi «bitimlarini» degan so‘z «kelishuvlarini» degan so‘z bilan almashtirilsin;

birinchi qismi:

birinchi xatboshisidagi «bitimlar» degan so‘z «kelishuvlar» degan so‘z bilan almashtirilsin;

o‘ninchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi «olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

«tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga;

muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi»;

ikkinchi qismi:

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan»;

to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ushbu moddada ko‘rsatilgan taqiqlar:

tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga;

shaxslarning bir guruhiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga;

agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi «bitimlarni» degan so‘z «kelishuvlarni» degan so‘z bilan almashtirilsin;

4) 12-modda:

uchinchi qismi birinchi xatboshisining ruscha matnidagi «sdelki» degan so‘z «soglasheniya» degan so‘z bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi «bitimlariga» degan so‘z «kelishuvlariga» degan so‘z bilan almashtirilsin;

5) 14-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funktsional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish»;

ettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;

6) 16 va 17-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«16-modda. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish

va qo‘shib olishga doir monopoliyaga

qarshi talablar

Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.

Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

17-modda. Aktsiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga

qarshi talablar

Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:

bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aktsiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lsa.

Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan o‘z aktsiyalarini olishga doir bitimlarga;

aktsiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aktsiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

7) 18-modda:

birinchi qismining birinchi xatboshisida:

«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning birlashmalarini tashkil etishga» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

«monopoliyaga qarshi organga» degan so‘zlar «yagona darcha» markazlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining uchinchi jumlasidagi «arizani ko‘rib chiqish muddati bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin» degan so‘zlar «arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak»;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbоtlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli»;

8) 19-modda chiqarib tashlansin;

9) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi»;

10) 34-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori

(ko‘rsatmasi) ustidan shikoyat qilish

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.

Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.

Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno».

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘RQ–363-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 12, 352-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 11-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

birinchi qism «Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlardan keyin «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

to‘rtinchi qism:

ikkinchi xatboshisidagi «etti» degan so‘z «to‘qqiz» degan so‘z bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshisidagi «o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi — o‘simlik dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining bajarilishi yuzasidan»;

ettinchi xatboshisi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘RQ–403-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning birinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 5-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

«Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;

Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish»;

oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

o‘n uchinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) quyidagi mazmundagi 101 va 102-moddalar bilan to‘ldirilsin:

«101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat

a’zolarining Qonunchilik palatasi

deputatlari savollariga javoblarini eshitish

Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda «hukumat soati» deb yuritiladi).

«Hukumat soati»ni o‘tkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan «hukumat soati»ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda «hukumat soati»da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.

«Hukumat soati» yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.

102-modda. Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar,

shaharlar hokimlarining tegishli hududni

rivojlantirish masalalari yuzasidan

hisobоtlarini eshitish

Senat o‘z majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitishi mumkin.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan uning qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobоtlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi»;

4) 14-moddaning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar tegishincha «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 16-moddaning:

nomidagi va birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organi, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

7) 17-modda:

birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin»;

uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;

8) 18-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar «davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 21-moddaning:

uchinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar «davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar «davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ettinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar «davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 22-moddaning:

birinchi xatboshisidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

11) 23-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini» degan so‘zlar «davlat organlarini, xo‘jalik boshqaruvi organlarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

12) 24-moddaning:

nomidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi birinchi xatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan so‘zlar «Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 25-moddaning birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

27-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 2-moddasining 4-bandi, 3-moddasining 3-bandi,

4-moddasi, 10-moddasi va 13-moddasining 3-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 23-moddasi 7-bandining to‘rtinchi xatboshisi 2018 yil 1 dekabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti                   Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 9 yanvar

№ O‘RQ—459

Поделиться