O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda
2017-12-21 | Siyosat
Toshkent shahrida 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim sohalaridagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
XXR mudofaa vaziri poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘ydi.
Tashrif dasturi doirasida Xitoy delegatsiyasi a’zolarining mamlakatimiz harbiy qismlari va muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazishi hamda Samarqand shahrining qadimiy tarixiy yodgorliklari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.