O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Yangi Zelandiya 2:1

2015-04-07 | Sport

Yigirma yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz birinchi o'rtoqlik uchrashuvida yangi zelandiyalik yoshlarni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Poytaxtimizdagi "Jar" stadionida o'tkazilgan navbatdagi o'yin ham murosasiz kechdi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo'limning 48-daqiqasiga kelib raqib futbolchisi Aleks Rufer hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada Mirjamol Qosimov terma jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa yoshlarimiz Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Поделиться