O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisiga doir

2017-11-01 | MDH

Toshkent shahrida 2017-yil 3-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

Armaniston Bosh vaziri Karen Karapetyan, Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjon Sagintayev, Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isoqov, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi–Ijrochi kotibi Sergey Lebedev majlisdagi ishtirokini tasdiqlagan.

Ushbu uchrashuvda Ozarbayjon va Turkmanistondan Bosh vazir o‘rinbosarlari, Moldovadan mamlakatning MDH ustavi doirasidagi va boshqa organlari huzuridagi muxtor vakili qatnashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qilishi kutilmoqda.

MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda ilk bor o‘tayotgan majlisi kun tartibiga 18 ta hujjat loyihalari kiritilgan.

Tor doiradagi yig‘ilishda MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan erkin fikr almashish, shuningdek, Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish sanasi yuzasidan kelishib olish ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya a’zolari ishtirokidagi kengaytirilgan majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, jumladan, erkin savdo zonasi doirasidagi hamkorlik, neft va gaz mashinasozligi, melioratsiya va tovarlarning bojxona narxlari masalalari muhokama qilinadi.

An’anaga ko‘ra majlis doirasida Hamdo‘stlik davlatlari delegatsiyalarining ikki tomonlama qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlarida rasmiy delegatsiya a’zolari va jurnalistlardan iborat 200 dan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.

Поделиться