O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamentiga tashrif buyurdi

2017-10-26 | Siyosat

Anqara, 26-oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Samadov xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi.

Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organidir. Unga 1920-yil 23-aprelda asos solingan. 

2015-yilda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalariga ko‘ra Majlisda 4 partiya o‘z fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning Spikeridir. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi. 

25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. 

Prezidentimiz Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanishdi. 

Shavkat Mirziyoyev 2016-yili Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Shundan so‘ng Prezidentimiz Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. 

Поделиться