O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumjamoa hisobida Namangan viloyati muaytaychilari birinchi o‘rinni egalladi

2017-10-25 | Sport

Namanganda muaytay bo‘yicha 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Unda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 100 dan ziyod sportchi ishtirok etdi. 

“Barkamol avlod” sport majmuasida to‘rt kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar 42 kilogrammdan 91 kilogrammgacha bo‘lgan 19 vazn toifasida chempionlik uchun bahslashdi. 

O‘smirlar ishtirokidagi bellashuvlarda Namangan viloyatidan J.Olimjonov, B.Abduolimov, R.Boltaboyev, A.Erkinov, O‘.Boymatov, Toshkent shahridan S.Shokirjonov, Z.Tohirov, A.Ikromov, Samarqand viloyatidan A.Nishonov, D.Shamsiyev, Sh.Majidov, Andijondan A.Berdaliyev, Sh.Baxtiyorov, O.Asqarov, Xorazmdan A.Madaminov barcha raqiblarini yengib, chempionlik unvoniga ega bo‘ldi. 

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Namangan viloyatidan D.Davlatova, Toshkent shahridan I.Mahmatmurodova, Q.Yusupova, Andijon viloyatidan G.Noibjonova o‘z vaznida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Umumjamoa hisobida Namangan viloyati muaytaychilari birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri va Samarqand viloyati jamoalari ikkinchi va uchinchi bo‘ldi. 

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 
Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA 

Manba: O'zA

Поделиться