O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezidentimiz Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi
2017-10-14 | Siyosat
Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu shahar ostonasidanoq ko‘zga tashlanadi. Xususan, Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan.
Bir soatda 300 yo‘lovchini kuzatish va 300 yo‘lovchini kutib olishga mo‘ljallangan terminallar, xizmat ko‘rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aeroportda rasmiy delegatsiyalar, xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda.
Prezidentimiz bu borada amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.