O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

2017-10-10 | Sport

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan 180 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bellashdi. 

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 oltin, 2 kumush va 9 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 

– Poytaxtimizda tashkil etilgan mazkur nufuzli turnirda g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova. – Bunday turnirlar tajriba va mahoratimizni oshirish, kelgusidagi nufuzli xalqaro sport anjumanlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishimizda muhim ahamiyatga ega.

73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida G‘iyosjon Boboyev hamda 90 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida Dilshod Choriyev shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. 

Shuningdek, Boltaboy Boltayev, Sharofiddin Boltaboyev, Hikmatilloh To‘rayev, Davronbek Sattorov, Sardor Nurillayev, Bekmurod Oltiboyev, Sharofiddin Lutfullayev, Yahyo Imomov va Sherali Jo‘rayev o‘z vazn toifalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi. 
 
 
Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (foto), O‘zA

Поделиться