O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ovoz berish boshlandi

2015-03-29 | Jamiyat

Nukus. Qoraqalpog'iston Respublikasida tashkil etilgan 589 saylov uchastkasining barchasi erta tongdan saylovchilar bilan gavjum. Saylovda ovoz berish uchun 1 million 159 ming 795 saylovchi ro'yxatga olingan. Ularning 6 ming 700 nafari birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar, 30 nafari 100 yoshdan oshgan keksalardir.

29-mart, soat 6.00. Nukus shahridagi 14-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda siyosiy partiyalarning vakillari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davlatimiz madhiyasi yangrab, saylovchilar ovoz berish uchun taklif etildi.

– Saylov uchastkamiz bo'yicha 2 ming 702 saylovchi ro'yxatga olingan, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Sulton Muhammaddinov. – Saylov uchastkamizga kelolmaydigan 17 saylovchining uyiga ko'chma quti va byulletenlarni olib boramiz.

–Hozirgina mamlakatimiz ravnaqi va porloq kelajagimiz uchun o'zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim, – deydi 86 yoshli mehnat faxriysi Bekbergen Yesemuratov. – Saylov qutisining oldida turib, negadir bitta nomzod uchun hamma yakdil ovoz bergan zamonlar xayolimga keldi. Saylov deb atalsa-da, tanlash imkoniyati yo'q – istasang ham, istamasang ham yagona nomzodni qo'llab-quvvatlar eding. Bugun, mana, to'rt nomzod. Saylov oldidan ularning tarjimai holi, dasturi bilan tanishdim.

Ilk bor saylovda ishtirok etib, o'z munosabatini bildirgan yosh saylovchini ham suhbatga tortdik.

– Men Nukus axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida o'qiyman, – deydi Guloyim O'terboyeva. – Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan tanishish uchun barcha sharoit yaratildi. O'zim tanlagan nomzodga ovoz berganimdan xursandman.

Ushbu saylov uchastkasi joylashgan mahalla o'z nomiga munosib – bu yerda yigirmaga yaqin millat vakillari o'zaro totuv, ahil-inoq yashaydi.

– Mahallamiz ahli to'y-hasham, ma'raka va turli bayramlarda hamisha birga, – deydi 5-"Xalqlar do'stligi" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Urqiya Tangirbergenova. – Bugungi saylovda ham barcha fuqarolarimiz faol ishtirok etmoqda. Biz saylov uchastkasiga kela olmaydigan keksalarimiz Mariya Pak va Raima Abdullayevaning xonadoniga kuzatuvchilar ishtirokida ovoz berish qutilarini olib boramiz.

Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha saylov uchastkalarida ovoz berish davom etmoqda.

Поделиться