O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar o‘z kelajagi uchun ovoz bermoqda

2015-03-29 | Jamiyat

Mamlakatimizda jismonan va ma'nan sog'lom, fikri teran, azmi qat'iy avlod kamolga yetmoqda. Yoshlarimiz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga daxldorlik hissi bilan yashayotir.

Yoshlar mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarda faol qatnashmoqda. Ular O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etayotgani yoshlarning ijtimoiy faolligi oshib, fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Bugun erta tongdan poytaxtimizning «Yoshlik» talabalar shaharchasi hududidagi 17 saylov uchastkasi o'z eshiklarini ochdi.

219-saylov uchastkasi Talabalar shaharchasi hududidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida joylashgan. Bayramona bezatilgan ushbu uchastkaga ovoz berish uchun birinchilardan bo'lib yoshlar keldi.

Uchastkada 3850 saylovchi ro'yxatga olingan bo'lib, ularning 2721 nafari yoshlardir.

– Prezident saylovi mamlakatimiz kelajagi, ertangi kunimizning qanday bo'lishini belgilashda muhim ijtimoiy-siyosiy jarayondir. Unda yigit-qizlar faol ishtirok etayotir, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Botir Sodiqov. – Yoshlarimizning o'z taqdirini mamlakat taqdiri bilan uyg'un ko'rayotgani, mustaqil fikrga egaligi, kelajakka katta ishonch bilan yashayotgani, ezgu maqsadlarni diliga tukkani ularning yuz-ko'zida, harakatlarida namoyon bo'lmoqda.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishda navqiron avlod vakillarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yosh saylovchilarni mamlakatimiz saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgartishlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni o'tkazishga oid jarayonlar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizning barcha hududida mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari va anjumanlar o'tkazildi.

– "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari safida ta'lim maskanlari va mahallalarda tashkil etilgan targ'ibot-tushuntirish tadbirlarida ishtirok etdik, – deydi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Temur Ikromov. – "Yoshlar saylovga tayyor", "Sening ovozing hal qiluvchi kuchga ega", "Bugungi o'quvchi – ertangi saylovchi" kabi loyihalarda milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgartishlar, saylovga tayyorgarlik va uni o'tkazishga oid bilimlarim yanada boyidi. Bugun tengdoshlarim qatori o'zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Поделиться