O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreya delegatsiyasi uchrashuvlari

2017-09-25 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 25 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, parlamentlararo aloqalar bu munosabatlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi jamiyat va davlat hayotini isloh etishning barcha sohalarini qamrab olgani qayd etildi. 

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida «Koreya – O‘zbekiston» parlament do‘stlik assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh tashkil etilgan. 

Tomonlar parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov bilan uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Spikeri Chon Se Gyun samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi fikrlarini bayon etdi. 

– Janubiy Koreya siyosatchilari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq olib borilayotgan tizimli islohotlarni yuqori baholaydi, – dedi Chon Se Gyun. – Islohotlarning o‘z vaqtida, bosqichma-bosqich, shuningdek, sifatli amalga oshirilishi O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ushbu jarayonda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi O‘zbekiston parlamenti bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor. 

Koreya Respublikasi delegatsiyasi a’zolari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Mehmonlar ezgu niyatlarimiz ramzi, hurriyatimiz timsoli bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться