O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samimiy qutlov

2017-09-22 | Siyosat

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni AQShga tashrifi bilan qutladi. 

Mazkur tabrik maktubi davlatimiz rahbari sharafiga shu yil 21-sentabr kuni tashkil etilgan O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabul marosimida o‘qib eshittirildi. 

Qutlov izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va AQSh munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yakdilligini tasdiqladi. 

Quyida ushbu tabrik matni e’lon qilinmoqda. 

Oq uy, 

Vashington shahri, 

2017-yil 20-sentabr
 

Melaniya va men O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul marosimining barcha qatnashchilarini tabriklaymiz. 

Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi bilan chin dildan qutlaymiz. O‘zbekiston 1992-yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettirish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarimizda muhim sherikka aylandi. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan o‘zbekistonlik sheriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qo‘shma Shtatlar o‘zaro do‘stlik rishtalarini rivojlantirish va kelgusi avlodlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni davom ettiradi. 

Qabul marosimi barcha qatnashchilar uchun sermazmun o‘tishini tilayman. 

Поделиться