O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Foreign Affairs” Markaziy Osiyoda yangi jo‘shqin siyosiy jarayon to‘g‘risida

2017-08-10 | Siyosat

AQShda chop etiladigan nufuzli “Foreign Affairs” jurnalining elektron saytida “Markaziy Osiyoda umidbaxsh taraqqiyot” maqolasi e’lon qilindi. Uning muallifi qarorgohi Vashington shahrida joylashgan Amerika tashqi siyosati kengashi vitse-prezidenti Ilan Berman.

“Foreign Affairs” veb-sahifasining har oyda 2,1 milliondan ziyod o‘quvchisi bor. Jurnal va uning elektron nusxasi rasmiy doiralar va ekspertlar orasida juda katta nufuzga ega bo‘lib, siyosatni shakllantiruvchi nashrlardan biri hisoblanadi. Nashrda davlat rahbarlari, vazirlar, boshqa yuqori darajadagi siyosatchilarning maqolalari muntazam bosilib turadi.

“Bugun Yevroosiyo makonida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, -deyiladi maqolada. - Xususan, Markaziy Osiyoda mintaqiy hamkorlik va harakatlarni muvofiqlashtirish singari yangi an’analar sezilmoqda”. Mutaxassisning fikricha, voqealarning bunday rivojida tarixiy asoslar yotadi. “Mingyillar davomida bu zamin savdo, ilm-fan va innovatsiyaning global markazi bo‘lib xizmat qilgan”.

Mintaqada amalga oshirilayotgan jarayonlarning asosiy omili O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, - deb hisoblaydi ekspert. - 2016 yilning sentyabr oyida mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashdi. Oliy maqomga saylangan Shavkat Mirziyeyov o‘z ma’muriyatiga ustuvor masalalar sifatida fuqarolik jamiyati va diplomatiya maydonida faollikni oshirish lozimligini belgilab berdi”.

Nashrning ta’kidlashicha, “Shavkat Mirziyeyov mintaqa muammolarini hal etishda o‘zgacha yo‘l topishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga Toshkentning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq ekanini qayd etdi. Lavozimga kelgach esa, u va’dasining ustidan chiqdi”, deydi amerikalik ekspert. Siyosatchi bu borada muhim muvaffaqiyatlar sirasiga O‘zbekiston rahbarining Turkmanistonga amalga oshirgan davlat tashriflari yakuni, Qozog‘iston bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Qirg‘iziston bilan munosabatlarni mo‘tadillashtirish jarayoni boshlanganiga e’tiborni qaratdi”.

Maqolada O‘zbekistonning Tojikiston bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan intilishlariga yuqori baho beriladi. Misol sifatida ikki tomonlama aloqalarda transport kommunikatsiyasini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish singari ijobiy jarayon sur’ati tilga olinadi.

“O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan qizg‘in chora-tadbirlar mintaqadagi boshqa davlatlarning e’tiboridan chetdan qolmayapti. Ular tomonidan Toshkent olib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati qo‘llab quvvatlanmoqda” - deb yozadi I.Berman.

Qo‘shma Shtatlar an’anaviy ravishda Yevroosiyo makonini xavfsizlikka tahdiddan saqlovchi qalqon hududi zonasi, mintaqaning hukmron davlatlar bilan munosabatlarda “savdo” obyekti va raqobat maydoni, deb qarardi. Biroq mintaqadagi voqealarning rivoji, ekspertning fikricha, “Vashington uchun sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan makonni geosiyosiy markaz deb bilish va Markaziy Osiyo davlatlari bilan qanday munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida o‘ylab ko‘radigan fursat yetib keldi”.

Поделиться