O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda yoshlar futbol akademiyasi ish boshladi

2017-08-02 | Sport

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi qoshida “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasi ochildi.

Shu munosabat bilan Namangan tumani Toshbuloq shaharchasidagi markaziy stadionda o‘tkazilgan taqdimot marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport faxriylari, murabbiylar, “Navbahor” futbol klubi o‘yinchilari, yosh futbolchilar ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda sportni, ayniqsa, millionlar o‘yini bo‘lmish futbolni ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

– Tashkilotimiz qoshida “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasi tashkil etilgani viloyatimizdagi barcha sport ishqibozlari, ayniqsa, millionlar o‘yini muxlislarini behad xursand qildi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi Anvar Ikromov. – Namanganda futbolni juda sevishadi. Ammo keyingi yillarda viloyatning bosh jamoasi “Navbahor” klubida yosh futbolchilarga e’tibor susayib ketdi. Shu bois jamoa chempionat va kubok bahslarida biror bir qoniqarli natijaga erisholmayapti. Akademiyani tashkil qilishdan maqsad “Navbahor” klubini nafaqat viloyat, balki butun O‘zbekiston uchun iste’dodli futbolchilarni yetishtirib beradigan jamoaga aylantirishdir. Barcha qulayliklarga ega stadion akademiya ixtiyoriga o‘tkazildi. Akademiya “Navbahor” klubining yoshlar jamoasini to‘liq tasarrufiga oladi. 17-bolalar va o‘smirlar “Navbahor-Umid” nomli futbol maktabi hamda 15-ixtisoslashgan futbol maktab-internati yoshlari akademiyaning kadrlar zaxirasini to‘ldirib boradi. 

Taqdimot marosimida “Navbahor” jamoasi yutuqlariga munosib hissa qo‘shgan bir guruh futbol faxriylari, “Navbahor” jamoasi “o‘rinbosarlar” tarkibi o‘yinchilari, “Navbakhor-women” qizlar jamoasi, “Navbahor-Umid” futbol maktabi va 15-futbol maktab-internati tarbiyalanuvchilari sport jihozlaridan iborat esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasiga viloyat hokimligi tomonidan “Isuzu” avtobusi sovg‘a qilindi. 

San’atkorlar ishtirokidagi katta konsert dasturi tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

 

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться