O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2017-07-26 | Siyosat
2017-yilning 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Karmela Shamirni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir O‘zbekistondagi deyarli to‘rt yillik diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samaralari faoliyatini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan xissasini qayd etdi.
O‘z navbatida Karmela Shamir mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.