O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimizdan navbatdagi medallar shodasi

2015-03-18 | Sport

Singapurda akademik eshkak eshish bo'yicha davom etayotgan Osiyo kubogining navbatdagi kunida hamyurtlarimiz to'rt kumush, ikki bronza medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning 500 metr masofaga eshkak eshish bo'yicha yakkalik bahslarida hamyurtimiz A.Kudryashov oltin medal bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edik. Iqtidorli sportchimiz 1000 metr masofaga eshkak eshishda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o'rinni egalladi. Yana bir yosh sportchimiz Sh.Xolmirzayev kumush medal sohibiga aylangan bo'lsa, A.Uzoqboyev bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Musobaqaning juftlik bahslarida qatnashgan A.Abdujabborov va T.Rahmatov bronza medalni qo'lga kiritdi, to'rt kishilik qayiqda eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan A.Yarov, A.Krasnov, B.Murodov va Z.Usmonov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo'shib qo'ydi.

Vakillarimiz sakkiz kishilik qayiqda eshkak eshish bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Поделиться