O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harakatlar strategiyasi targ‘ibotiga oid seminar

2017-06-30 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi va Olmazor tumani kengashi hamkorligida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini tibbiyot xodimlariga tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari N.Yo‘ldosheva va boshqalar Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijtimoiy sohani rivojlantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari qulayligini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilashda muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidladi. 

Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishning to‘rtinchi yo‘nalishi ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish va aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’limni sifat jihatdan yanada yaxshilash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. 

– Yurtimizda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama sog‘lom oilalarni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Olmazor tumani 3-tug‘ruq kompleksi bosh shifokori o‘rinbosari Dilafruz Sagdiyeva. – Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va mas’uliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturilamal bo‘layotir. Bugungi seminarda Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini yanada teranroq tushunib oldik. 

Seminarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqayotgani, “Inson manfaatlari har narsadan ustun” tamoyili hayotga izchil tatbiq etilayotgani qayd etildi. 

 

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться