O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Barkamol avlod"dan xalqaro sport maydoniga

2017-06-07 | Sport

Italiyada suzish bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda sportchilarimiz munosib ishtirok etdi. Ular orasida yaqinda Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan "Barkamol avlod – 2017" sport o‘yinlari g‘oliblarining borligi quvonarlidir.

Bu mamlakatimizda joriy qilingan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi – "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o‘yinlarining yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, xalqaro maydonlardagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotganidan dalolat. 

Rim shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari g‘olibi Artyom Kozlyuk 200 metrga batterflyay usulda suzishda 2 daqiqayu 01,07 soniya natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va mazkur xalqaro turnirning rekordini yangiladi. Iqtidorli sportchimiz 50 metrga batterflyay usulida suzish bahsida ham tengsiz ekanini isbotladi. U belgilangan masofani 24.45 soniyada suzib o‘tib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 100 metrga batterflyay usulida suzishda esa 54,04 soniya natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

“Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarida o‘z mahoratini namoyish etib, bir necha yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan Aleksey Tarasenko ham turnirda muvaffaqiyatli qatnashdi. U 50, 100 va 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda uchta kumush medal bilan taqdirlandi. 

Terma jamoamiz yetakchilaridan biri Xurshidjon Tursunov 100 va 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning har ikki yo‘nalishda qayd etgan natijasi xalqaro turnirning yangi rekordi sifatida e’tirof etildi. 

Shu tariqa sportchilarimiz mazkur turnirda 4 oltin va 4 kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishicha, mazkur turnir sportchilarimiz uchun joriy yilning 14-23-iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionati oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Jahon chempionatida Xurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Daniil Bukin Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

 

Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться