O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tomoshabinlar fikrini e’tiborga olib

2017-05-31 | Texnologiyalar

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Milliy media-kengash taqdimotida O‘zbekistonda televideniye auditoriyasini aniqlash tizimi joriy etilishi haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar, reklama va konsalting agentliklari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Milliy media-kengashining maqsad va vazifalari, yurtimiz media-makonida amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar bilan tanishdi. 

Xalqaro amaliyot shundan dalolat beradiki, zamonaviy televizion bozorni umumqabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq axborot taqdim etadigan mustaqil teleo‘lchov tizimlarini joriy etmasdan rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois Milliy media-kengashni tashkil etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda teleo‘lchov tizimini shakllantirishga ko‘maklashishdir. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda televizion bozorni rivojlantirishga xizmat qiladi, davlatimizning televideniyeni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga ajratayotgan mablag‘laridan samarali foydalanishni baholash imkonini beradi. Shu munosabat bilan Milliy media-kengash tomonidan O‘zbekistonda televideniye auditoriyasini o‘lchash tizimini yaratish bo‘yicha tender o‘tkazildi. Unda ishtirok etish uchun teleo‘lchov sohasining yetakchi kompaniyalari taklif etildi. Tender natijalariga ko‘ra, mazkur sohada dunyoning yetakchi kompaniyalaridan “Kantar TNS” kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. 

– Kompaniyamiz media sohasi va uning iste’molchilariga oid tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi, – deydi “TNS Central Asian” kompaniyasi bosh direktori Tatyana Starseva. – Tender shartlariga ko‘ra, 2017-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda televideniye auditoriyasini o‘lchash tizimi yaratiladi. Ijtimoiy tadqiqotlar asosida tanlab olingan 400 xonadonda oila a’zolari qanday teledastur va kanallarni tomosha qilishini qayd etadigan maxsus “people meter” moslamalari o‘rnatiladi. Mazkur moslamalardan har kuni olinadigan ma’lumotlardan telereyting tuzish uchun foydalaniladi. 

Tadbirda milliy televideniyeni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi. 

 
Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться