O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
To‘rt bokschimiz Osiyo chempioni
2017-05-06 | Sport
Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan Osiyo chempionatining final janglarida to‘rt bokschimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Chempionatning dastlabki final jangida 56 kilogramm vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev xitoylik Jyavey Jang bilan uchrashdi va g‘alaba qozondi. Vazni 60 kilogramm bo‘lgan Elnur Abduraimov oltin medal uchun bellashuvda hindistonlik Shiva Tapadan ustun keldi.
75 kilogramm og‘irlikdagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi final jangida Isroil Madrimov Janubiy Koreya vakili Dong Yung Li bilan raqobatlashdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bektemir Meliqo‘ziyev 81 kilogramm vazn toifasida qozog‘istonlik Yerik Aljanovni mag‘lub etdi.