O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

I.Savitskiy nomidagi muzey eksponatlari Moskvada namoyish etilmoqda

2017-04-05 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin kunning ikkinchi yarmida A.Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyiga tashrif buyurdi. 

Bu yerda mamlakatimizning I.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi eksponatlari ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘ldi. 

«Sahrodagi Luvr» nomini olgan I.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi o‘zining bebaho durdona eksponatlari bilan dunyo san’at ixlosmandlari e’tiborini qozongan. Muzeyda grafika, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy san’at namunalari, turli arxeologik topilmalar, etnografiya buyumlari, qadimiy suratlar, tarixiy hujjatlar singari yuz mingga yaqin nodir eksponat joy olgan. 

Shunday buyuk merosni yig‘ib qoldirgan olim 2002-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. 

O‘lkaning boy tarixiy va madaniy yodgorliklari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan mazkur san’at muzeyida qoraqalpoq elining milliy bezaklari, xalq amaliy san’ati namunalari, kashtachilik buyumlari, milliy liboslari sayyohlarning e’tiborini tortmoqda. 

A.Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyida namoyish etilayotgan  noyob eksponatlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

 
Abu Bakir O‘rozov, O‘zA

Поделиться