O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri shiori va logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov
2020-03-11
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri targ‘iboti va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan eng yaxshi logotip va shior uchun tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda fuqaroligidan qat'iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklar vakillari o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ma'lumot va hujjatlarni taqdim etish lozim:
– belgilangan namunadagi ariza;
– tanlovga taqdim etiladigan loyihalarning qisqacha tavsifi;
– loyihalarning elektron shakli (logotip: logotip-TIFF, PSD yoki JPEG 1500 px shior: word hamda JPEG 1500 px formatida).
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar tanlovning rasmiy elektron pochtasi tanlov@stat.uz ga yuborilishi kerak.
Loyihalarni o‘rganish mezonlari:
g‘oyaning o‘ziga xosligi va yangiligi;
loyihaning aholini ro‘yxatga olish tadbiri maqsadiga muvofiqligi;
O‘zbekiston aholisi, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlari uchun g‘oyaning aniq- ravshanligi va jozibadorligi;
Tanlov nizomi
Ma'lumot uchun: Telefon: +99871 230 80 63.
Elektron pochta manzili: tanlov@stat.uz