O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar diqqatiga!
2016-09-27
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287- moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi.
Soliq davri uchun jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati hisobot yilining 15 oktabriga qadar etib belgilangan.
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.
Shunday ekan mol-mulk va yer soliqlarini 15 oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang!