O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi

29.01.2019Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5640 sonli farmoniga muvofiq Xodjayev Jamshid Abduxakimovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

Turdimov Erkinjon Oqbutayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi

14.01.2019Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda 2019 yil 11 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Turdimov Erkinjon Oqbutayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.

Mamatov Akmal Alisherovich Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

19.11.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi PQ-4010-son qaroriga muvofiq Mamatov Akmal Alisherovich Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

07.11.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-noyabrdagi qaroriga muvofiq Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mirzayev Zoyir Toirovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

06.11.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-oktyabrdagi PF-5563-son farmoniga muvofiq Mirzayev Zoyir Toirovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari - Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Sodiqov Shuxrat Muhammadjonovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi

13.08.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9-avgustdagi PF-5508 sonli farmoniga muvofiq Sodiqov Shuxrat Muhammadjonovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi

13.08.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi PF-5506-son farmoniga muvofiq Axmedxadjayev Azim Israilovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi.

Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

01.06.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-maydagi PF-5450 sonli farmoniga muvofiq Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiklandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Sharifjon Fuzailovich Mo‘mindjanov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

31.05.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-maydagi qaroriga binoan Mo‘mindjanov Sharifjon Fuzailovich O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akmalov Qaxramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

28.05.2018Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PF-5448 farmoniga muvofiq Akmalov Qaxramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari - Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimidan boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ozod etildi.