O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Хalqaro sayyohlik forumi
2023-02-10
Joriy yil 10-11 fevral kunlari Samarqand shahrida «International Travel Bazaar 2023» xalqaro sayyohlik forumi o‘tkaziladi.
Samarqand turizm forumi Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri bo‘lib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.
Samarkand turizm forum – bu sayyohlik sohasi mutaxassislari va biz bilan birga rivojlanib, daromad olishni xohlovchilar uchun yaratilgan platformadir. Unda 200 dan ortiq mehmonlar: turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari real holatlar, qiyinchiliklar va sayohat tendensiyalari haqida suhbatlashish uchun yig‘iladi.
Forumda ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar maʼruzachi o‘z bilimlarini Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan bo‘lishadi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Isroil, AQSH, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyaning taniqli amaliyotchi hamda soha yetakchilari ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish bo‘yicha seminarlar, restoran xizmati va mahorat darslari tashkil etiladi.
Forumda ko‘rgazma va gastronomik zonalar, B2B formatidagi uchrashuvlar, shuningdek, innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham rejalashtirilgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi