O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy davlatlar tashkilotining I sammiti

2022-11-11

2022-yil 11-noyabr kuni Samarqandda joriy yilning asosiy siyosiy voqealaridan biri bo‘lib o‘tadi – O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) birinchi sammitini qabsl qiladi.

Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo, Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi maqomiga ega.

Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yil 3-oktabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) nomi ostida  tashkil etilgan.

2021-yil 12-noyabr kuni Tashkilotning Istanbulda o‘tkazilgan VIII sammitida  Kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Istanbul sammitida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirdi. Ushbu muhim qadam tashkilot faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi, xalqaro maydondagi roli va nufuzini sezilarli darajada oshiradi.

«Dunyo» AA veb-saytida tashkil etilgan  «O‘zbekiston va TDT» rukni orqali o‘quvchilar Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться