O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali

2022-05-07

Joriy yilning 7-8 may kunlari Boysun tumanidagi “Solim Padang” qishlog‘ida xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini o‘zida tarannum etuvchi “Boysun bahori” ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoalari mazkur tadbirda ishtirok etadi. 

Bayram doirasida milliy kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko‘pkari, barg uloqtirish, arqon tortish, chilak va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi o‘tov-uy o‘rnatgan jamoalar, sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun: butun dunyo xalqlar mehr qo‘ygan maftunkor Boysun YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida e’tirof etilgan va 2008-yilda tashkilot tomonidan “Insoniyatining nomoddiy madaniy merosi” Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться