O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali

2015-08-25

Allaqachon ommaviy bayram tusiga kirgan mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbuslari bilan 1997-yildan beri YUNESKO shafeligida o‘tkazib kelinmoqda.

“Sharq taronalari”X xalqaro musiqa festivali Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada uyushmasi, davlat bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyat hokimligining ko‘magida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Festivalning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: milliy musiqa san’ati durdonalarini keng ommalashtirish, saqlash va mukammallashtirish; o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy an’analarga muhabbat ruhida tarbiyalash; xalqaro madaniy aloqalarini yanada kengaytirish.

“Sharq taronalari” musiqa festivali dasturi doirasida turli davlatlardan kelgan milliy musiqa ijrochiligi namunalari namoyishi, shuningdek, musiqashunoslar, kompozitor va ijrochilar ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan.

Dunyo xalqlari an’anaviy musiqa san’atining serjilo durdonalarini o‘zida jamlagan “Sharq taronalari” musiqiy festivalining rang-barang dasturi, yildan-yilga, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi, hamda festivalda qatnashuvchi mamlakatlar uchun ham muhim tadbirga aylanib bormoqda.

Поделиться