O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi

2019-11-14

2019-yilning 14-15-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi delegatsiya Berlin shahriga tashrif buyuradi.

Germaniya jamoatchiligini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga tayyorgarlikning borishi bilan tanishtirish mazkur safarning maqsadi hisoblanadi.

O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiya Germaniyaga tashrifi doirasida Fridrix Ebert nomidagi fondda “O‘zbekiston saylov oldidan: ichki siyosiy islohotlar va tashqi siyosiy istiqbollar” mavzusida podium munozarasini va Konrad Adenauer nomidagi fondda davra suhbati o‘tkazadi. Tadbirlarda Germaniyaning siyosiy, ekspert-tahliliy, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etadi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolarining Germaniya Federal prezidenti va Federal kansleri idoralarida, Bundestag va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlari rejalashtirilgan bo‘lib, uchrashuvlar doirasida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinadi hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilinadi.

Поделиться