O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonga Hindiston Tashqi ishlar vazirining tashrifi
2018-08-04
2018-yilning 4-avgust kuni Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj Toshkentga tashrif buyuradi.
Hindiston delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda
Tashrif dasturidan shuningdek Hindiston TIV rahbarining O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlari va muzokaralari ham o‘rin olgan bo‘lib, mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini, shuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.