O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Ukraina iqtisodiy forumi

2018-06-06

Mamlakatimizning Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan 2018-yilning 6-iyun kuni Kiyev shahrida “O‘zbekiston va Ukraina: iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida O‘zbekiston-Ukraina iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususan to‘qimachilik, poyabzal-charm, elektr texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish mahsulotlari, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Bu forumda ishtirok etish uchun ikki mamlakat biznes vakillari va O‘zbekistonning Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari rahbarlari, Ukrainaning Lvov, Zaporojye, Xarkov, Sumi, Xerson va Kiyev viloyatlari ma’muriyatlari rahbarlari taklif qilinadi.

O‘zbekiston-Ukraina iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishni istaganlar, O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasi bilan quyidagi ma’lumotlar orqali bog‘lanishlari mumkin:

Sanjar Qosimov, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, tel.: +38-044-501-4181, +38-067-320-4303, e-mail: embassy@uzbekistan.org.ua.

Поделиться