O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi

2016-07-16

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazishdan asosiy maqsad:

yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning zamonaviy xalqaro talablari va standartlariga mos keladigan samarali, shaffof bozor mexanizmini shakllantirish;

O‘zbekistonda ekologik sof, iste’molbop xususiyatlari bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida chet ellardagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilish;

hamkor sheriklarni izlash va ular o‘rtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini tuzishda qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada har tomonlama ko‘maklashish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda chet ellardagi import qiluvchi kompaniyalar, dunyoga mashhur marketing tuzilmalari o‘rtasida barqaror, uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini shakllantirish;

jahon meva-sabzavot mahsulotlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini chuqur tahlil etish, mamlakatimizning mahsulot yetishtiruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarini tashqi bozorlarda doimiy xaridorgir bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, navbatdagi yil va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirishga yo‘naltirish maqsadida ularni keng ko‘lamda xabardor qilish.

Mazkur yarmarka joriy yil 12.07-14.07 kunlari Toshkent shahrida "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazma kompaniyasi" AJning ko‘rgazma maydonlarida tashkil etiladi.

Поделиться