O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

2016-04-09

«AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJINING JAHON TAMADDUNIDAGI O‘RNI» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xuzuridagi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi,

«AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI ILM-FAN VA MADANIYaT RIVOJINING JAHON TAMADDUNIDAGI O‘RNI» mavzusidagi

Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

AXBOROT XATI

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan 2016 yil 9 aprelda O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida «Amir Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojining jahon tamaddunidagi o‘rni» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkaziladi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 yanvardagi 07-07/1-655-sonli topshirig‘iga muvofiq va O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar to‘g‘risida” gi 33-f-sonli farmoyishiga asosan tashkil qilinmoqda.

Muzey ma’muriyati Amir Temur va Temuriylar davri tarixi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan mutaxassis olimlar bilan bir qatorda, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va mustaqil tadqiqotchilarni konferentsiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

Ma’ruzalar uchun quyidagi yo‘nalishlar belgilangan:

Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va muammolar;

Temuriylar davridagi manbalarining o‘rganishning umumiy masalalari

Konferentsiya talablari:

Muallif haqida ma’lumot (muallifning to‘liq FIO, ish joyi, ilmiy darajasi va lavozimi, tel. e-mail manzili);

Maqola xajmi 5-10 bet, matnlari MS WORD, Times New Roman,

14 kegel, satrlar orasi 1,5 interval, varaqning chap tomonidan

3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm bo‘lishi kerak.

Maqola havola (snoska)laridagi adabiyotlar to‘liq yozilishi kerak.

Maqolaning rus va ingliz tillaridagi qisqacha annotatsiyasi.

Ma’ruza mavzulari konferentsiya dasturiga kiritish uchun 2016 yil 20 fevralgacha muzey katta ilmiy xodimi Azizjon Sharipov (+99893 537-13-50, aziz-sharipov@umail.uz) tomonidan qabul qilinadi.

Ma’ruza matnlari 1 nusxa qog‘oz va elektron shakllarda qabul qilinadi hamda muzey Ilmiy kengashi tavsiyasi asosida to‘plamda chop etiladi.

Kechiktirilgan va talablar bo‘yicha tayyorlanmagan, anjuman mavzusiga to‘g‘ri kelmaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.

Murojaat uchun manzil:

Toshkent sh. Amir Temur ko‘chasi, 1-uy

Tel: (998 71) 232-02-12, 232-01-44.

Fax:(998 71) 232-02-13,

www.temurid.uz
e-mail: temurid@temurid.uz,
аziz-sharipov@umail.uz

Manba: TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI

Поделиться