Ўзбекистон Республикаси
Ҳукумат портали
ФВВда Ўзбекистон Республикаси Мудофаа доктринасини ўрганишга бағишланган ўқув машғулоти ўтказилди
2018-01-17 | Жамият
Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ходимларининг билимларини янада ошириш мақсадида ҳар душанба кунлари малакали мутахассислар иштирокида ўқув машғулотлари ўтказилади.
2018 yilning 15 yanvar kuni navbatdagi o‘quv mashg‘uloti Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan hududiy boshqarmalar bilan videoselektor orqali o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida barcha shaxsiy tarkibga 2018 yil 9 yanvar kuni tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga belgilab bergan vazifalari yetkazildi.
Манба: Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги