O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yashil sayyoramiz taqdiri o‘z qo‘limizda

2017-03-30 | Ekologiya

Uchtepa tumani «Barkamol avlod» bolalar markazida bo‘lib o‘tgan «Ekologiya – bolalar nigohida» ekofestivalining Toshkent shahar bosqichida ellik olti ishtirokchi o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdi.

Mamlakatimizda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining, xususan, yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar bermoqda. «Barkamol avlod» bolalar markazlarida tashkil etilayotgan ushbu an’anaviy «Ekologiya – bolalar nigohida» ekofestivali yoshlarning tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, ekologik muammolar yechimini hal etishda ularning har tomonlama faolligini, ijodkorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazkur markazlar faoliyatini takomillashtirish va bu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishda dasturilamal bo‘layotir. 

– Festival ishtirokchilari safi yildan-yilga kengaymoqda, – deydi Chilonzor tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori U.Turg‘unova. – Ular bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, ona tabiat haqida tasavvur va fikrlarini o‘z ishlarida bayon etmoqda. Masalan, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan o‘quvchilar barchamizni ona zaminimiz, go‘zal yurtimiz tabiatini asrash va muhofaza qilishga undayotgani quvonarlidir. 

«Yashil sayyoramiz taqdiri o‘z qo‘limizda» shiori ostida o‘tkazilgan festival qo‘l ishlari, tasviriy san’at (ekologik plakat), fotosuratlar, multimedia yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. 

Uchtepa tumani «Barkamol avlod» bolalar markazining to‘qish to‘garagi a’zosi Maftuna Xalilova festivalda «Guldasta», «Sehrli uycha» va «Yil fasllari: qish, bahor, yoz va kuz» deb nomlangan ijodiy ishlarini taqdim etgan. 

– To‘qish sirlarini ustozim Nasiba Umarovadan muntazam o‘rganib kelmoqdaman, – deydi u. – Bugungi festivalda tengdoshlarimiz yaratgan ijod namunalari bir-biridan chiroyli va o‘ziga xosligi bilan barchaning e’tiborini tortdi. 

Festival g‘oliblari mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться