O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aleksey Miller: o‘zaro manfaatli hamkorligimiz izchil davom etadi

2017-03-30 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yangi gaz konlarini topish va o‘zlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Mazkur kompaniya boshqaruvi raisi Aleksey Miller mamlakatlarimiz o‘rtasida yoqilg‘i-energetika sohasidagi hamkorlik haqida quyidagilarni so‘zlab berdi: 

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish men uchun katta sharaf. Bugun shunday baxtga muyassar bo‘ldim. Suhbatimiz g‘oyat mazmunli bo‘ldi. O‘zbekiston hududidagi yirik loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildik. O‘zbekiston gazini besh yil davomida xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Ushbu masala yuzasidan yaqin orada shartnoma tuzish rejasi ko‘rib chiqildi. Qayd etish joiz, mazkur kelishuv mamlakatlarimiz o‘rtasida gaz sohasidagi uzoq muddatli hamkorligimizning yangi sahifasini ochadi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish niyatidamiz. 

Suhbat davomida 2017-2021-yillar davrida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda mamlakatingiz hududida yangi gaz konlarini qidirish va ishga tushirish bo‘yicha ham fikr almashdik. 

Ayni paytda kompaniyamiz tomonidan Ustyurtdagi “Jel” konida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik vazifa tayyorlash ishlari davom etmoqda. “Shaxpaxti” koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘nalish bo‘yicha bizga zarur ko‘rsatma va tavsiyalarini aytdi. 

Yoqilg‘i-energetika, umuman, gaz sohasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini ham muhokama qildik. 

 
Bekzod Hidoyatov, O‘zA

Поделиться