O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlandi

2015-02-26 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 2-Andijon saylov okrugi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo'limi hamkorligida aholining saylovga oid huquqiy bilimini yanada boyitishga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy hamda okrug saylov komissiyalari a'zolari, adliya, moliya, sog'liqni saqlash, xalq ta'limi boshqarmalari, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, uchastka saylov komissiyalari raislari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, Ma'naviyat targ'ibot markazi viloyat bo'limi, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda saylovlarni ochiq-oshkora, xalqaro standartlarga mos o'tkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani alohida ta'kidlandi.

Andijon viloyatida ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish uchun qizg'in hozirlik ko'rilmoqda. 107 saylov uchastkasi tuzilib, ularning hududiy chegaralari, joylashgan manzili to'g'risidagi ma'lumotlar matbuotda e'lon qilindi. Uchastka saylov komissiyasi a'zolari tegishli tartibda tasdiqlandi.

Uchastka saylov komissiyalari saylovchilar uchun qulay, zamonaviy binolarda joylashtirilib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa vositalari bilan ta'minlandi. Onalar va bolalar, tibbiyot xonalari talab darajasida jihozlandi. Saylov kuni mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlarining ovoz berish jarayonini bevosita kuzatib borishi uchun barcha qulaylik yaratildi.

Seminarda saylovchilarning huquqiy bilimini yuksaltirish, mamlakatimiz saylov qonunchiligi, fuqarolarning shu yil 29-mart kuni bo'lib o'tadigan siyosiy jarayondagi ishtiroki va huquqlari, saylovlar bo'yicha xalqaro normalar, xorijiy tajribalar xususida so'z yuritildi. "Xalqaro saylov standartlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligi", "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari", "Saylov jarayonida qonuniylikni ta'minlash masalalari", "Saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining roli" kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Поделиться