O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov mas’uliyati

2015-02-26 | Jamiyat

Samarqand viloyatida aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminarlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo'limi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarning navbatdagisi Paxtachi tumanida bo'lib o'tdi.

Unda tumandagi o'ttizta uchastka saylov komissiyasi a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari vakillari, qishloq va mahalla fuqarolar yig'inlari faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Mamlakatimizda saylovlarni ochiq-oshkora, xalqaro standartlarga mos o'tkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani alohida ta'kidlandi. Konstitutsiyamiz va saylovga oid qonunlarda saylovlarni tashkil etish va o'tkazish, ularda fuqarolarning ishtirok etishi bilan bog'liq tartiblar xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda belgilab qo'yilgan.

– O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, fuqarolar umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi, o'z xohish-irodasini erkin bildirish va yashirin ovoz berish prinsiplariga asosan saylovni amalga oshiradilar, – deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi o'rinbosari X.Mamatov. – Buning huquqiy asosi avvalo O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan. Bosh Qomusimizning 32-moddasida fuqarolarning davlat boshqaruvida bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqi kafolatgangan bo'lsa, 117-moddada davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi belgilab qo'yilgan. Mamlakatimizda saylovlar ushbu prinsiplar ustuvorligi va fuqarolarning yuksak siyosiy faolligida o'tayotgani bilan ahamiyatlidir. Ayni paytda ham xalqimiz 29-mart kuni bo'ladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Tadbirda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, fuqarolarning saylov huquqlari, saylovni tashkil etish va o'tkazishda saylov komissiyalarining vakolatlari, saylov kampaniyasining ochiq va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining roli kabi mavzular yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Bunday tadbirlar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham o'tkazilmoqda.

Поделиться