O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ko‘mir briketlari tayyorlovchi uskunalar taqdimoti

2017-03-27 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz viloyatlarida ko‘mir briketlari tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bundan xabar topgan Janubiy Koreyaning 60 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “JEIL MACHINERI CO.,LTD” kompaniyasi bosh direktori Kim Jeong Ho hamda ijrochi direktori Chairman Sung-Soo Kimlar mamlakatimizga tashrif buyurib, "O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

Tashrif davomida mehmonlar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ko‘p yillik tajribalariga tayanib yaratgan briket tayyorlaydigan uskunalari, pechlari va tayyor mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdilar. Myanma, Xitoy, Indoneziya va Mongoliya davlatlari bilan shartnoma asosida hamkorlik o‘rnatgan kompaniya jihozlarining afzalliklari, ko‘mir briketlarining aholi uchun qulayliklari, foydalanish imkoniyatlari haqida atroflicha tushuncha berdilar. Shuningdek, hamkorlikda ishlash, uskunalarini sotish bo‘yicha takliflarini bildirdilar hamda tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot so‘ngida aksionerlik jamiyatining bir guruh mutaxassislari va kompaniya vakillari o‘rtasidagi davra suhbati o‘tkazildi. Bunda tomonlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda fikr almashdilar.

Поделиться