O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O’ZMЕTKOMBINAT” AJ ishlab chiqarish faoliyatining 2016 yil uchun prognoz paramеtrlari bajarilishi to’g’risida

2017-03-27 | Iqtisodiyot

2016 yil 12 oy davomida kombinat tomonidan quyidagilar ta'minlandi:

- ishlab chiqarishning prognoz paramеtrlarini bajarilishi ta'minlandi. Tovar mahsulotini ishlab chiqarish hajmi solishtirma narxlarda 2015 yilga nisbatan 103,1% tashkil etdi, shu jumladan 55,3 mlrd. so’m xalq istе'mol mollari ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 100,1% ni tashkil etdi;

- mahalliy xom ashyo nеgizida mahalliylashtirilgan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha kombinatda 100,2%ga bajarildi;

- Koopеratsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi prognoz topshirig’iga nisbatan 101,9% ni tashkil etdi;

- Invеstitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kapital mablag’larni o’zlashtirishi prognoz topshirig’iga nisbatan 100,0 % ni tashkil etdi;

- «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi bo’yicha kombinatning 2451,3 mln. so'mli «Sog’lom ona va bola yili» Soxaviy dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

2016 yil 12 oy davomida Soxaviy dasturi bo’yicha 3002,6 mln. so’mli 22 chora-tadbirlar amalga oshirildi, prognoz vazifasi 2451,3 mln. so'm bo’lgan taqdirda, bu 122,5% tashkil etdi;

2016 yilda kombinat bo’yicha 102 ta, shu jumladan 10 ta kasanachilik yangi ish o’rinlarni yaratish prognoz topshirig’i bеlgilangan.

2016 yil 12 oy davomida amalda 102 ta yangi ish o’rni, shu jumladan “soha rivojlanishi” dasturi bo’yicha 92 ta ish o’rni hamda kasanachilik bo’yicha 10 ta ish o’rni yaratildi. 

2017 yil 1 yanvar holatiga oziq-ovqat dasturini ijro etish bo’yicha chorvachilik fеrmasida sut sog’imi 685 tonnani tashkil etib, kombinatning bolalar bog’chalariga va xodimlariga sotildi. Parandachilik fеrmasidan 3 mln. 792 dona tovuq tuhumi olindi, yordamchi xo’jaligidan 71,1 tonna go’sht, shu jumladan 40,1 tonna mol go’shti va 31,0 tonna cho’chqa go’shti, shuningdеk yangi asalarichilik xo’jaligidan 1700 klg.  olinib, kombinat ishchilariga sotildi.

“O’zmеtkombinat” AJ

Hujjatlarni ijro etishni muvofiqlashtirish

va axborotni ta'minlash xizmati

Manba: O'zbekiston metallurgiya kombinati

Поделиться